Aleksandr Krestinin: Gʻalabadan so‘ng barchasi izga tusha boshladi

15.09.2024Superliga

Aleksandr Krestinin: Gʻalabadan so‘ng barchasi izga tusha boshladi

Superligada 18-tur bahslari davom ettirildi. Lokomotiv jamoasi bu tur safarda Andijon bilan bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Juda kerakli uch ochkoni qo‘lga kiritdik. Qiyin raqib bilan o‘ynadik va unda g‘alaba qozonganimizdan xursandman. Andijon jamoasini muxlislari o‘z uyida fantastik darajada qo‘llab-quvvatlaydilar. O‘zbekiston Kubogi finaliga chiqqan jamoaga qarshi to‘p surish bizga ancha qiyinchilik tug‘dirdi. 

Lokomotiv oxirgi ikkita tur kerakli natijalarni qo‘lga kirityapti. Buning asosiy sababi nimada?

To‘g‘ri, g‘alaba futbolchilarga ruhiy tomondan ta’sir ko‘rsatadi. Ularni maydonda faol va bir-birini tushunib o‘ynashayotgani g‘alabamizga zamin bo‘lyapti. Psixologik tayyor bo‘lgach, g‘alaba qozonadigan vaqtlar ham kelgandi. 

Birinchi taymga nisbatan ikkinchi taymda Andijon yaxshiroq o‘ynagandek tuyuldi!?

Birinchi golni urganimizdan keyin ba’zi vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ydik, tan olaman va bu rejamizda yo‘q edi. O‘yinda nimadir noto‘g‘ri kechgan holatda kutilmaganda to‘p o‘tkazib yubordik. Oxirida yaxshi harakatimiz hisobiga g‘alabani qo‘lga kiritdik. 

Lokomotiv qaysi jihatlari bo‘yicha raqibidan ustun keldi? Go‘yoki, bugun ayyor taktika tanlangandek... 

Qanday ayyor taktika bo‘lishi mumkin? Raqibdan ko‘ra bitta ko‘p gol urdik. Shu sabab tufayli g‘alabaga erishdik. Menimcha, bu vaziyatni alohida tahlil qilib chiqish shart emas.
Aleksandr Krestinin: Gʻalabadan so‘ng barchasi izga tusha boshladi
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda