6 jamoa ishtirok etadigan Proliga musobaqasiga 10-mart kuni qur’a tashlanadi

06.03.2025Proliga

6 jamoa ishtirok etadigan Proliga musobaqasiga 10-mart kuni qur’a tashlanadi

“Superliga va Proliga reglamenti” orqali tartibga solinadigan Proliganing yangi mavsumiga 10-mart kuni qur’a tashlanadi. Klublar o‘zaro to‘rt davra bellashadi va ularning har biri jami 20 tadan o‘yinda maydonga tushadi.


Qur’a 12:00 da start oladi va Liga rasmiy sahifalari orqali jonli efirga olib chiqiladi. Taqvim reja ishlab chiqilayotganda esa Proliga klublarining O‘zbekiston kubogi guruh bosqichidagi o‘yinlari inobatga olinadi.  


Quyi divizion jamoalari orasidan bir nechtasida 2026-yilgi mavsumni Proligada o‘tkazish imkoniyatiga ega. Liga mavsum davomida ular bilan hamkorlikda ishlash hamda Proligaga tayyorlash masalasida hamkorlik qilishga tayyor. 


Ma’lumot uchun, Proliga klublariga transfer oynasi 28-fevral kuni yopilgan bo‘lib, mavjud 6 klubning barchasi kerakli futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurdi.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar