14-mart kuni Superkubok oldidan matbuot anjumani tashkil etiladi

05.03.2026O`zbekiston Superkubogi

14-mart kuni Superkubok oldidan matbuot anjumani tashkil etiladi

Mamlakatning amaldagi chempioni sifatida Superkubok o‘yinida Neftchi nominal mezbon hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, mezbonlik bilan bog‘liq masalalarda bu jihat inobatga olinadi.

Superkubok o‘yinidan bir kun avval esa rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Bobur arenada har ikki jamoa bosh murabbiylari va yetakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani, shuningdek, rasmiy mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq.

OAV xodimlarining akkreditatsiyasi borasida keyinroq qo‘shimcha ma'lumot taqdim etiladi.

14-mart kuni Superkubok oldidan matbuot anjumani tashkil etiladi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar