1-fevral kuni Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlanadi

29.01.2025PFLSuperliga

1-fevral kuni Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlanadi


Superliga mavsumi 7-mart kuni start olishi rejalashtirilgan. Liga uning to‘liq ishtirokchilari va klublar qaysi stadiondan qay tartibda foydalanishi masalasida ish olib borishiga to‘g‘ri keldi. 


Musobaqaga qur’a tashlash marosimi 1-fevral kuni 18:00 da start oladi va u Futbol TV orqali jonli efirga olib chiqiladi. 


Qur’a jarayonida Liga quyidagi ketma-ketlikni inobatga oladi:


a) mavsum startini o‘z maydonida boshlamasligi, biroq keyinchalik boshqa stadionga ko‘chib o‘tishi katta ehtimol bo‘lgan klublar;

b) bir stadiondan foydalanishi ko‘zda tutilgan va shundan kelib chiqib juftlik hosil qilgan klublar;

d) juftlik hosil qilmagan klublar. 


Liga mutaxassislari qur’a va uning qolgan masalalarini jonli efirda tushuntirib berishi ko‘zda tutilgan.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

Boshqa yangiliklar

Sayt test rejimida ishlamoqda