Vadim Abramov: Yo‘qotishlar ko‘p, zaxiramiz tor

23.11.2024Superliga

Vadim Abramov: Yo‘qotishlar ko‘p, zaxiramiz tor


Superligada 25-tur o‘yinlari davom ettirildi. Dinamo jamoasi bu tur safarda Andijon bilan kuch sinashdi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Biz birinchi bo‘limda, juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Agar, hisob ochilmagan paytda yaratgan vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, hammasi boshqacha bo‘lar edi. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni burib yubormoqchi bo‘ldik, ammo chetlatish sodir bo‘ldi. 10 kishi qolganiga qaramay, yigitlar harakat qilishdi. Yakunda, tushunarsiz qarshi-hujumda gol o‘tkazib yubordik. Vaholanki, o‘yinga rejamiz boshqacha edi. 
So‘nggi turdagi So‘g‘diyona bilan bahs oldidan kartochkalar sababli yo‘qotishlarimiz ko‘payib ketdi. Andijonni g‘alaba bilan tabriklayman. 

Markaziy himoyachilar haqida fikringiz qanday?

Biz ularni almashtirdik. Birinchi bo‘limda uning tushunarsiz xatolarini izohlab bo‘lmaydi. 

Dinamo ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olishi sababi nima?

Bizda, birdaniga yo‘qotishlar ko‘payib ketdi. Biz markaziy zonadagi jarohat olgan braziliyaliklarni almashtira olmadik. Zaxira o‘rindig‘i torlik qilmoqda. 

Bu mavsum avvalgilaridan farq qiladimi?

Ikki xil taassurot qoldirmoqda. Bizda bir oydan beri motivatsiya yo‘q. Bizda medallar uchun kurashish imkoni bo‘lganida, boshqacha bo‘lar edi. Juda yomon boshladik, biroq keyin stabillik yetishmadi. Elitaga chiqqan jamoalarga birinchi navbatda ligada qolish vazifasi qo‘yiladi. Buni uddaladik.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda