Vadim Abramov: Shuncha mehnat qilib mag‘lub bo‘lish alamli

14.09.2024Superliga

Vadim Abramov: Shuncha mehnat qilib mag‘lub bo‘lish alamli

Superligada 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Dinamo klubi bu tur o‘z maydonida Bunyodkorni qabul qildi va 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Nima ham derdim. Afsuski shunday bo‘ldi. 3 ta standart vaziyatdan 3 ta gol o‘tkazdik. Yomon o‘ynamadik, ammo alamli mag‘lubiyatni qabul qildik. 

Muxlislar Kojodan ko‘p narsa kutgan edi?

Terma jamoadan kelgan futbolchilarda biroz pasayish bo‘lishi normal holat. 

Taqvim masalasida ikkita o‘yin qoldirildi...

Ha, bizga ikki jamoa iltimos bilan murojaat qildi. Ularning taklifini qabul qildik. 

Uchrashuvdan keyin yigitlarga nima dedingiz?

Odam o‘z mehnatini qadrlashi kerak. Shuncha ter to‘kib, yakunda mag‘lub bo‘lishganini aytdim. Xa, darvozabon xato qildi. Bizning darvozamizga kiritilgan uchinchi golda fol ham yo‘q edi. Hozir bu haqida biror nima deyishning ham xojati yo‘q.
Vadim Abramov: Shuncha mehnat qilib mag‘lub bo‘lish alamli
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda