Toshkentda FIFPro’ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi bosh assambleyasi o‘tkazildi

18.09.2024PFL

Toshkentda FIFPro’ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi bosh assambleyasi o‘tkazildi

Poytaxt ilk bor FIFPro shafeligi ostida o‘tgan marosimga mezbonlik qildi. Professional futbolchilar xalqaro federatsiyasining yilda bir bor bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Okeaniya mintaqasi assambleyasi Hilton mehmonxonasida tashkil etildi. 


FIFPro taklifiga ko‘ra, unda Liga mutaxassislari bevosita ishtirok etdi va futbolchilar huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan o‘z fikr hamda takliflarini ilgari surdi. Futbolchi, klub hamda Liga o‘rtasidagi munosabatlar tobora murakkab jarayonga aylanib borayotgani sir emas. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston futbolchilar uyushmasi assambleyaga bir qator futbolchilarni ham taklif etdi: Sanjar Tursunov, Valeriy Kichin, Arixiro Sentoku, Nilufar Baxtiyorova, Kenjabibi Irisbek qizi, Dilnura Abibulla qizi.   


Assambleyaning ikkinchi kunini MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov hamda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ochib berdi. Keyinchalik Assotsiatsiya vitse-prezidenti Odil Ahmedov, Uyushma raisi Kamoliddin Murzoyev va qo‘mita a’zosi Mahliyo Sarikova, Liga bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ishtirokida FIFPro a’zolari bilan suhbat tashkil etildi.

Toshkentda FIFPro’ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi bosh assambleyasi o‘tkazildi
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda