Superliga va Proliga klublari shartnomalar masalasida rasman ogohlantirildi

04.03.2024PFL

Superliga va Proliga klublari shartnomalar masalasida rasman ogohlantirildi

Professional futbol klubi va futbolchi o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomalari masalasi yildan-yildan tartibga solib kelinmoqda. Shunga qaramay, O‘FA tegishli qo‘mitalariga kelib tushayotgan shikoyatlar mazmuni ba’zi kamchiliklarni ko‘rsatib qo‘yadi. 

Aksar holatlarda klub futbolchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasining barcha nusxasini o‘zida saqlashga harakat qiladi va turli bahonalar bilan uni futbolchiga taqdim etmaydi. O‘z huquqlari himoyasini tegishli shaxs yoki tashkilotlarga taqdim etgan futbolchilar esa klubdan shartnomani 4 nusxada tuzishni talab qiladi va u imzolangan kuniyoq uning bir nusxasini o‘zida qoldiradi. 

Liga O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan keyingi to‘rt yilda qator loyihalarni amalga oshirdi. Bu esa yuqoridagi kabi holatlarni keskin kamaytirdi. Navbatdagi qadam sifatida Liga klublarga rasmiy murojaat bilan chiqib, joriy yilning 31-mart sanasiga qadar mehnat shartnomasining tegishli nusxasini futbolchi va murabbiylarga taqdim etish shartligini ma’lum qildi. 1-apreldan boshlab mazkur talab ijrosini o‘z vaqtida bajarmagan futbol klubi jarimaga tortilishi belgilandi. 

Shuningdek, Liga klublarni shartnomalarga kiritilayotgan o‘zgarishlar masalasini tartibga solishga chaqirdi. Aksar holatlarda klub va futbolchi, klub yoki murabbiy shartnomaga qo‘shimchalar kiritadi, biroq mazkur shartnoma 20 kun ichida Liga ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Bu kabi holat klubga nisbatan sanksiyalar kiritilishiga olib keladi. Ayni vaqtda Superliga klubini boshqargan rahbarlardan biri bu kabi ishlar ortidan sudda javob berayotganligini unutmaslik kerak.

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda