Superliga. Mavsumning ikkinchi yarmi uchun taqvim qanday bo‘ladi?

09.07.2024SuperligaUzbekistan Cup

Superliga. Mavsumning ikkinchi yarmi uchun taqvim qanday bo‘ladi?

Liga 2024-yil uchun taqvim rejani o‘tgan yili tasdiqlagan. Uni sayt orqali bemalol yuklab olish mumkin. 


Klub avgustning aynan qaysi sanasida maydonga tushishini aniqlashtirish uchun O‘zbekiston kubogining ¼ final bosqichiga qur’a tashlanishi kerak edi. Kuz oyi taqvimi esa Elit Chempionlar ligasi va Chempionlar ligasi II musobaqalari bilan bog‘liq. 15-16 avgustda ularning guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. 


Avgust oyida qanday reja va o‘zgarishlar bor? 


Liga birinchi galda U23 O‘zbekiston termasining Parij Olimpiadasidagi ishtirokidan kelib chiqdi. Masalaga optimistik ruhda yondoshib, termamizning ½ finalga qadar yetib borishi mumkinligi inobatga oldik.


Liga Surxon arena maydoni va unda alohida VAR xonasining ishga tushishi masalasi katta ehtimol bilan avgust oyiga qadar tayyor bo‘lmasligi masalasini kun tartibiga kiritdi. 


Lokomotiv va Paxtakor stadionlarini ta’mirlash zaruriyati bor ekanligi hisobga olindi. Bunda Samarqand shahridagi Dinamo stadionini foydalanishga qayta topshirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. 


Aksar holatlarda bir stadiondan ikki klub foydalanayotganini inobatga olib, o‘yinlar orasidagi tanaffus va maysa parvarishi masalasini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. 


Shu va boshqa qator sabablar inobatga olinib, avgust oyi uchun reja ishlab chiqildi. Liga bunda har bir detalga e’tibor qaratishga intildi. Ish reja suratda aks etgan.   


14-tur

2 avgust, juma 

QIZILQUM — BUNYODKOR 

3 avgust, shanba 

ANDIJON — OKMK 

DINAMO — NAVBAHOR 

4 avgust, yakshanba

METALLURG — LOKOMOTIV


¼ final 

6 avgust, seshanba 

SURXON — XORAZM

7 avgust, chorshanba 

SO‘GʻDIYONA — NAVBAHOR

QIZILQUM — ANDIJON 


15-tur 

9 avgust, juma 

LOKOMOTIV — OLIMPIK

10 avgust, shanba 

NEFTCHI — DINAMO  

NASAF — PAXTAKOR  

11 avgust, yakshanba

SO‘GʻDIYONA — METALLURG 

BUNYODKOR — ANDIJON 

12 avgust, dushanba 

OKMK — NAVBAHOR 

SURXON — QIZILQUM   


¼ final 

15 avgust, payshanba

BUNYODKOR — PAXTAKOR


16-tur 

15 avgust, payshanba 

METALLURG — NEFTCHI  

OLIMPIK — SO‘GʻDIYONA  

16 avgust, juma 

DINAMO — OKMK    

QIZILQUM — NASAF 

18 avgust, yakshanba

ANDIJON — SURXON  

PAXTAKOR — LOKOMOTIV 

19 avgust, dushanba  

NAVBAHOR — BUNYODKOR  


14-tur 

20 avgust, seshanba 

NEFTCHI — SO‘GʻDIYONA 

OLIMPIK — NASAF 

22 avgust, payshanba  

PAXTAKOR — SURXON 


17-tur 

23 avgust, juma 

METALLURG — DIANMO  

LOKOMOTIV — QIZILQUM  

24 avgust, shanba 

NEFTCHI — OLIMPIK  

25 avgust, yakshanba

BUNYODKOR — OKMK  

NASAF — ANDIJON  

26 avgust, dushanba  

SO‘GʻDIYONA — PAXTAKOR 

SURXON — NAVBAHOR

Superliga. Mavsumning ikkinchi yarmi uchun taqvim qanday bo‘ladi?Superliga. Mavsumning ikkinchi yarmi uchun taqvim qanday bo‘ladi?
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda