Sergey Lushchan: Barcha e’tiborimiz finalga qaratilgan

14.09.2024Superliga

Sergey Lushchan: Barcha e’tiborimiz finalga qaratilgan

Superligada 18-tur o‘yinlari davom ettirildi. Navbahor jamoasi bu tur o‘z maydonida Nasafni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ikki jamoa uchun ham og‘ir o‘yin bo‘ldi. Birinchi golga qadar edi hammasi. Klass va omad raqib tomonda edi. Ular bekorga birinchi o‘rinda bormayapti. Bizda bir-ikki imkoniyat bo‘ldi, ammo foydalana olmadik. 

Tanaffus paytida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish kerak emasmidi?

Yo‘q, shart emas edi. Futbolchilar shundoq ham yaxshi bir-birini tushunmoqda. 

Ro‘ziqul Berdiyev Navbahor yaxshiroq o‘ynaganini aytdi. Bu fikrga qo‘shilasizmi?

Qo‘ysangizchi, agar meni jamoam g‘alaba qozonganida men ham raqib yaxshiroq o‘ynadi degan bo‘lar edim. Bizda birinchi bo‘limda 2-3 imkoniyat bo‘ldi. Raqib darvozamizga bitta aniq zarba berdi va gol. Omad kulib boqdi. Omad kuchlilarga kulib boqdi. Biz xato qildik. 

Bugungi Jamshid Iskanderovning o‘yinini qanday baholaysiz?

U terma jamoada edi, ammo o‘yin amaliyoti berilmadi. 2 hafta shunchaki vaqt o‘tkazdi. Bu achinarli xolat, ammo normal qabul qilish kerak. Mening miyamda faqat 5 okyatabrdagi o‘yin. Mavsum uchun oldimizga qo‘yilgan vazifani bajarishimiz kerak. Har bir bellashuv orqali o‘sha bahsga tayyorlanib boramiz. O‘zi Hamrobekovni zaxirada olib qolishni ham o‘ylagan edik o‘yindan oldin. Menimcha, juda ko‘p savollarni kun tartibdan olib tashladim. 

Bugun nima to‘sqinlik qildi jamoaga?

Hech narsa. Raqib to‘sqinlik qildi desan to‘g‘ri bo‘ladi. Sayfiyevning o‘rniga tushgan yosh futbolchi xato qildi, ammo unga e’tirozim yo‘q. U uzoqqa boradi. Kelajagi porloq. Bu uning uchun dars bo‘ladi. O‘zi uchun begona bo‘lgan pozisiyada harakat qildi. Futbolchilarimga hech qanday e’tirozim yo‘q.
Sergey Lushchan: Barcha e’tiborimiz finalga qaratilgan
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda