Qo‘qon-1912 ishtirokidagi ikki bellashuv oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘tkaziladi

09.09.2024Proleague

Qo‘qon-1912 ishtirokidagi ikki bellashuv oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘tkaziladi

Proliganing 20 hamda 22-turlarida Qo‘qon-1912 raqiblarini o‘z maydonida qabul qilishi lozim edi. O‘zbekiston kubogining final uchrashuviga tayyorgarlikdan kelib chiqib, mazkur ikki bellashuv oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘tkaziladi. 


22-turdagi Qo‘qon-1912 — Mash’al uchrashuvi 8-oktyabr sanasida, 20-turdan o‘rin olgan Qo‘qon-1912 — Do‘stlik Toshkent o‘yini esa 12-oktyabrda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlar qaysi maydonda o‘tkazilishi masalasiga keyinroq oydinlik kiritiladi. 


Ma’lumot uchun, Qo‘qon-1912 klubi o‘zining uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan stadion maydoni yangilanayotgan bo‘lib, ayni vaqtda mazkur ish o‘z yakuniga yetmoqda. Bir necha kundan so‘ng Liga mutaxassislari Qo‘qonga tashrif buyurib, stadion holati bilan tanishadi va uni qabul qilish ishlarini boshlaydi. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

Qo‘qon-1912 ishtirokidagi ikki bellashuv oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘tkaziladi
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda