O‘zbekiston kubogi. Paxtakor derbida Bunyodkordan ustun keldi

15.08.2024Uzbekistan Cup

O‘zbekiston kubogi. Paxtakor derbida Bunyodkordan ustun keldi

O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda Bunyodkor jamoasi Paxtakor klubini qabul qildi.


Mazkur poytaxt derbisining asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi va qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat etildi. Ekstra bo‘limlarning dastlabkisida sherlar hisobni ochishdi. Aniqrog‘i, 101-daqiqada hakam tomonidan belgilangan penaltini Shahzod Azmiddinov darvozaga aniq yo‘lladi.


Ushbu hisob bahs yakuniga qadar o‘zgarishsiz qoldi va Maksim Shaskix shogirdlari yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


O‘zbekiston kubogi. Chorak final


BUNYODKOR 0:1 PAXTAKOR

    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda