OFK professional futbol bo‘yicha seminar tashkil etdi

22.08.2024PFL

OFK professional futbol bo‘yicha seminar tashkil etdi

20-22-avgust kunlari Malayziya poytaxti Kuala Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Professional futbol seminari bo‘lib o‘tdi. 


OFKning Professional futbol boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda klublarni litsenziyalash jarayonidagi yangiliklar va o‘zgarishlar xususida batafsil ma’lumot berildi. OFK mutaxassislari bilan bir qatorda UEFA vakillari ham Yevropadagi litsenziyalash jarayoni haqida, FIFA mutaxassislari esa tashkilotning professional futbolni rivojlantirish bo‘yicha loyihalari xususida taqdimot o‘tkazdi. Shuningdek, seminarda OFK bayrog‘i ostidagi musobaqalarda ishtirok etish shartlari va ortda qolgan mavsum bo‘yicha Osiyo futboli sarhisobi haqida so‘z bordi. 


3 kunlik seminarda OFKga a’zo mamlakatlar vakillari qatorida O‘zbekiston nomidan O‘zPFL Klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov hamda ushbu bo‘lim yetakchi mutaxassisi Jalolxon Inog‘omxo‘jayev ishtirok etdi.

 

Qolaversa, qit’a va jahon futboli ekspertlari, shuningdek OFK Professional futbol qo‘mitasi raisi Park Ji Sung va mazkur qo‘mita a’zosi Diyor Imomxo‘jayev ham seminarga taklif etildi.

OFK professional futbol bo‘yicha seminar tashkil etdiOFK professional futbol bo‘yicha seminar tashkil etdiOFK professional futbol bo‘yicha seminar tashkil etdi
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda