Mirjalol Qosimov: Birinchi bo‘limning o‘zida masalani hal qilishimiz mumkin edi

07.11.2024Superliga

Mirjalol Qosimov: Birinchi bo‘limning o‘zida masalani hal qilishimiz mumkin edi

Superligada 24-tur bahslari start oldi. OKMK klubi bu tur o‘z maydonida Olimpikni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin qiziqarli bo‘ldi. Yigitlar muxlislar uchun harakat qildi, ammo yana vaziyatlardan foydalana olmadik. Jangovor durang qayd etildi. Birinchi bo‘limni o‘zida masalani hal etishimiz mumkin edi. Afsuski, shu omil bizni qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Jamoamiz oxirigacha kurashdi. Chiqib futbol o‘ynamay durang o‘ynaganimizda boshni devorga ursak bo‘lar edi. Hayot davom etadi. 
Olimpik yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Chempionatni yakunlanishi qiziqarli bo‘ladi. Biz ham maqsadimizga yetishishni istayapmiz. O‘zimizdan-o‘zimiz 2-o‘ringa chiqib qolmaganmiz. Chempionatni ham 40 ochkodan boshlamadik. Gʻalaba ham keladi albatta. Maqsadimiz muxlislarimizni chiroyli futbol bilan xursand qilish.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda