Maksim Shaskix: Hayot to‘xtab qolmaydi

21.11.2024Superliga

Maksim Shaskix: Hayot to‘xtab qolmaydi

Superligada 25-tur bahslariga start berildi. Paxtakor jamoasi bu tur o‘z maydonida OKMKni qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Maksim Shaskix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bo‘m-bo‘sh bo‘shliqni to‘ldirish qiyin. Ayniqsa, mavsum so‘nggida. Birinchi bo‘limdagi imkoniyatlarimizdan foydalanganimizda, o‘yin boshqacha kechar edi. Ular standartlarga urg‘u berishini bilar edik
Keraksiz fol, uzatma va gol. Bu futbol. Hech narsa qilib bo‘lmaydi. Hayot to‘xtab qolmaydi.

Dragan Cheran va yetakchilarning maydonga chiqmagani sababi nima?

Yo‘q, futbolchilar borasidagi savollar menga emas. Mavzu yopiq. Terma a’zolariga o‘ynash uchun imkon berdik. Barchaga pauza berishga resurs yetishmadi. 

Paxtakorda 2 oy bo‘lmadingiz. Bu rahbariyat tanlovimi yo rostan ham kasalmidingiz?

Unisi ham, bunisi ham. Ijodkorona ta’tilda edim. Yengil qayta ishga tushirish sodir bo‘ldi. Biroz kasal ham edim. Qo‘rqinchli narsa yo‘q. 

Cheran bilan janjal haqidagi mish-mishlar yuribdi. Bu rostmi?

Bu mish-mish xolos. Meni yaxshi taniganlar, janjaldan uzoq yurishimni yaxshi biladi. Jamoadagi bu o‘zgarish mening qarorim emas. Agar bu mening qarorim bo‘lganida, boshqacharoq yo‘l tutar edim. Qanday ekanligini ayta olmayman. Vaqti kelib hammasini bilib olasiz. Men birorta futbolchi bilan urushmaganman.

Bu mavsumdan nimalarni kutgan edingiz? Jamoa sovrinsiz qoldi?!

Barchasini mening bo‘ynimga ilib qo‘ymang. Yo‘q paytimda jamoani boshqarmadim. Jamoani qayta ishga tushirish kerak. Mavsum boshida vazifalar boshqa edi. Keyin u o‘zgartirildi. Natijada sistemada muammo paydo bo‘ldi. Kelasi mavsumda bizga yangi qon kerak bo‘ladi. Bitta tarkib bilan har yili bir darajadagi futbolni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Kimdir ketadi, kimdir keladi. Yangilar kelishi kerak. Aks xolda, qulay zonadagi futbolchilar o‘sishdan to‘xtaydi. Bu futboldagi eng yomon narsa. Keyin ularni u zonadan olib chiqish qiyin bo‘ladi. Mavsum oxirida kerakli xulosalarni qilamiz.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda