Liga stadionlar agronomlari bilan maydonlar masalasida uchrashuv o‘tkazdi

16.01.2024PFL

Liga stadionlar agronomlari bilan maydonlar masalasida uchrashuv o‘tkazdi

Kecha — 15-yanvar kuni Superliganing 2024-yilgi mavsumiga mezbonlik qiladigan stadionlar nomiga oydinlik kiritilgandi. Xabar chiqqan bir vaqtda Liga stadionlar agronomlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Superliga-2024. Klublar mavsumni qaysi stadionda boshlashi aniq bo‘ldi

Sifatli maydonga ega bo‘lish oson jarayon emas. Shuningdek, maydonni sifatli ko‘rinishda saqlay olish yanada murakkab vazifa hisoblanadi. Shunga qaramay, ayrim futbol klublari mazkur masalaga bepisand munosabatda bo‘lib kelmoqda. Jumladan, Buxoro va Andijon shaharlaridagi stadionlarni qisqa vaqt ichida yangisiga almashtirishga to‘g‘ri keldi. Masalaga noto‘g‘ri yondoshuv, soha mutaxassislarining etishmovchiligi va ayniqsa, futbol klublarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning o‘z vazifasiga yondoshuvi bir necha milliard isrof bo‘lishiga olib keladi.

Lokomotiv stadioni 2024-yilning ikkinchi yarmidan Superliga o‘yinlarini qabul qila olmaydi

Uchrashuv davomida quyida masalalar muhokama qilindi: 

•  futbol maydonini Liga talab qilayotgan ko‘rinishda saqlab turish uchun u yil davomida qanday parvarish qilinishi lozim;
•  futbol maydoni parvarishi uchun unga qanday va minimum necha nafar mutaxassis biriktirilishi lozim;
•  futbol maydoni rasmiy uchrashuv oldidan qanday tayyorlanishi va o‘yindan keyin nimalarga e’tibor qaratilishi lozim;
•  ehtimoliy kuz-bahor mavsumiga o‘tish jarayonida maydonlar holati yuzasidan nimalarga e’tibor qilish lozim.

Dinamo mavsumni Samarqandda boshlay olmaydi

Zamonaviy futbol maydonlarini yil davomida yaxshi holatda ushlab turish uchun ma’lum miqdorda harajat qilinadi. Misol uchun, Evropaning mashhur stadionlari parvarishi uchun qancha mablag‘ sarf etilishini o‘rganish mumkin. Yaxshi maydonsiz sifatli futbol yo‘q. Yaxshi mutaxassis ham sifatsiz maydonda sifatli futbolni kafolatlay olmaydi. Bizning sharoitda esa ayrim futbol klublari bitta futbol maydonini parvarish qilish uchun bitta murabbiyning bir oylik ish haqi miqdorida ham mablag‘ ajratmayotgan holatlar mavjud. Yoki aksincha, smetada futbol maydoni parvarishi uchun ajratilgan va aslida etarli bo‘lishi ko‘zda tutilgan mablag‘ boshqa maqsadlar yo‘lida sarf etilishining oqibatida, futbol maydonlari aziyat chekadi.

Navoiydagi Yoshlar SM Superliga uchrashuvlarini o‘tkaza olmaydi

Shundan kelib chiqib, yuqorida ko‘rilgan to‘rt masala yuzasidan quyidagi qarorlar qabul qilindi:

•  futbol maydonini sifatli saqlab turish bir yil uchun tahminan qanchaga tushishi belgilab olinadi va mazkur masala harajatlar smetasida o‘z aksini topadi;
•  futbol maydoni parvarishi uchun klub (stadion) shtat birligida mavjud mutaxassislar soni nazoratga olinadi;
•  futbol maydoni rasmiy uchrashuv oldidan qanday tayyorlanishi va uning texnik parametrli reglamentda aniq ko‘rsatiladi;
•  ehtimoliy kuz-bahor mavsumiga o‘tish masalasi kun tartibiga chiqquniga qadar, maydonlar masalasida chimning sovuq ob-havoga ham chidamli bo‘lishi masalasiga e’tibor qaratiladi.

Liga futbol maydonlariga bo‘lgan talab aniq reja va harakatlar bilan tartibga solinishini monitoring qilishda davom etadi.

Surxon arena stadionida ta’mirlash ishlari qanday ketmoqda?

    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda