Kubok finali oldidan har ikki klub rahbariyati va muxlislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

24.09.2024PFL

Kubok finali oldidan har ikki klub rahbariyati va muxlislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avvalroq Liga finalni yuqori saviyada tashkil etish masalasida Farg‘ona viloyati mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Unda kelishib olingan masalalar yuzasidan endilikda Navbahor va Andijon klubi rahbariyati, shuningdek, muxlislar yetakchilari bilan fikr almashildi. 


Uchrashuv davomida Istiqlol stadioni sektorlari ikki jamoa uchun qanday ajratilishi, bunda klub rasmiylari, muxlislar harakati qanday bo‘lishi, ularning stadionga qaysi ko‘chalar orqali kelishi va turniketlardan qanday foydalanishi kabi masalalar tushuntirib o‘tildi. Namanganlik va Andijonlik muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida iTicket chiptalarni har ikki viloyat bosh stadionlari kassasi orqali ham sotishni yo‘lga qo‘yadi. Chiptalar elektron sotilmaydi va jonli navbat orqali har bir muxlis maksimum 4 donadan chipta xarid qilishi ta’minlanadi.


Shuningdek, har ikki jamoaning Farg‘onaga yetib kelishi, joylashishi, o‘yinoldi rasmiy tadbirlarda ishtirok etishi, O‘zbekiston kubogi sovrinining Namangan va Andijon shaharlariga yo‘l olishi, futbol muxlislarining u bilan suratga tushishi kabi masalalar kelishib olindi. 


Chiptalar savdosi qay tartibda bo‘lishi, faqatgina final bellashuvi uchun OAV hamda rasmiylarga alohida beydjiklar berilishi kabi masalalardagi aniq axborot keyinroq Liga rasmiy saytiga joylashtiriladi.


Farg‘onadagi final uchrashuvi 17:00 da start oladi


Finalda Navbahor ko‘k, Andijon qizil libosida harakat qiladi

Kubok finali oldidan har ikki klub rahbariyati va muxlislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdiKubok finali oldidan har ikki klub rahbariyati va muxlislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdiKubok finali oldidan har ikki klub rahbariyati va muxlislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdiKubok finali oldidan har ikki klub rahbariyati va muxlislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdiKubok finali oldidan har ikki klub rahbariyati va muxlislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda