Kamoliddin Tojiyev: Charchoq mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi
09.11.2024Superliga
Superligada 24-tur bahslari davom ettirildi. Paxtakor jamoasi Namanganda Navbahor mehmoni bo‘ldi va 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Bugun mavsum so‘ngi ekanligi sababli charchoq alomatlari juda ham sezildi. Taqvim zich, deyarli har 3 kunda maydonga tushyapmiz.
Navbahorga qarshi uchrashuvlar prinsipial ahamiyatiga ega. Chetlatishga qadar muvozanatni saqlab turgan edik, ammo 10 kishi qolganimizdan so‘ng qiyin bo‘ldi.