Jamshid Saidov: Barcha jabhada yengildik
22.11.2024Superliga
Superligada 25-tur o‘yinlari davom ettirildi. Qizilqum jamoasi bu tur Navbahorni qabul qildi va 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ochig‘i o‘yin haqida aytadigan deyarli gap yo‘q. Bizni xuddi yosh bolalardek yengishdi. Maydalab tashlashdi. To‘liq, barcha vaziyatlarda yutqazdik. Izohsiz.
Jamoliddin Ubaydullayevning o‘yinida xatolar kuzatildi?
Butun jamoa juda yomon o‘yin ko‘rsatdi. Hech kimni alohida ko‘rsatib bo‘lmaydi. Hammamiz yutqazdik. Kimnidir alohida aybdor qilmoqchi emasman.
Superligadagi ishtirokingiz haqida fikringiz?
Yana bir tur bor. Hozir, nimadir deb ayta olmayman. Hammasini ko‘rib turibsiz. Oxirigacha kurashamiz.
Ilhomjon Vahobov nega maydonda emas edi?
U oilaviy muammolari sababli bugungi bahsni o‘tkazib yubordi.
Zaxiradan tushganlar o‘yinga ta’sir qilmadimi?
Vaholanki, biz sxemani o‘zgartirdik va to‘p ham kiritdik. Keyin himoyadagi xatolar sababli gollar o‘tkazib yubordik. Juda yomon o‘ynadik.
Yangi mavsumda kimlarni olib qolmoqchisiz?
Buni vaqt ko‘rsatadi. Hozir nimadir deyishdan foyda yo‘q. Chempionatni tugatgach, hammasi ma’lum bo‘ladi.