Finalni yuqori saviyada o‘tkazish masalasi kelishib olindi

19.09.2024Uzbekistan Cup

Finalni yuqori saviyada o‘tkazish masalasi kelishib olindi

17-sentyabr kuni Liga rahbariyati Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, final bellashuvini tashkil etish masalasini muhokama qildi. Bunda asosiy e’tibor finalni ko‘tarinki kayfiyat hamda xavfsiz tashkil etish, har ikki jamoa muxlislariga qulay sharoitlar yaratishga qaratildi.


Uchrashuvda Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Ikromov hamda Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Akbarov bevosita ishtirok etdi. Finalni sport prinsiplari asosida tashkil etish, bunda xavfsizlik masalasida Liga mutaxassislari bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha qator masalalar muhokama qilindi. Tomonlar barcha masalaga atroflicha to‘xtalib, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash doirasida har bir masala alohida-alohida ko‘rib chiqildi. 


Endilikda Liga chiptalarni savdoga chiqarish, har ikki jamoa muxlislari bilan ishlash hamda ularning stadion va uning atrofida harakatlanishi, bellashuvga tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalarni yig‘ilishning yakuniy kelishuvlari asosida muvofiqlashtiradi. Har bir holat bo‘yicha Liga bosqichma-bosqich axborot berib boradi. 


Avvalroq Liga Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

Finalni yuqori saviyada o‘tkazish masalasi kelishib olindiFinalni yuqori saviyada o‘tkazish masalasi kelishib olindiFinalni yuqori saviyada o‘tkazish masalasi kelishib olindiFinalni yuqori saviyada o‘tkazish masalasi kelishib olindiFinalni yuqori saviyada o‘tkazish masalasi kelishib olindi
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda