Denis Korostichenko: O‘yin bir golga qadar edi
23.11.2024Superliga
Superligada 25-tur o‘yinlari davom ettirildi. Olimpik jamoasi bu tur o‘z maydonida Bunyodkorni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Golgacha bo‘lgan o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa ham turnir jadvalida yuqoriroq bo‘lish uchun kurash olib bordi va Bunyodkor birinchi bo‘lib hisobni ochdi.
Ikkinchi taymda Olimpik juda yomon ko‘rindi. Birinchi taymda jamoa juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan edi?!
Hozir har bir o‘yinga futbolchilarga motivatsiya berish qiyin bo‘lmoqda. Qo‘shimchasiga, bir nechta futbolchilarimiz kasal bo‘lgani bois, bizga yordam bera olmadi. Ikkinchi bo‘limda yosh futbolchini o‘yinga qo‘shdik, ammo ular kirishib keta olmadi. Demak, Bunyodkorda zaxira o‘rindig‘i kuchliroq ekan.
Olimpik so‘nggi turda Surxon bilan kurashadi. Shu haqida fikrlaringiz?
Imkoniyat bor, ammo bugun g‘alaba qozonganimizda hammasi hal bo‘lgan bo‘lar edi. Yutqazganimiz uchun, endi boshqa jamoalarni natijasiga bog‘liq bo‘lib qoldik. Paxtakor so‘nggi turda Bunyodkorni yutib berishini kutamiz. Oxirgi turda, qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz.