Aral Proliganing 1 ta uchrashuvini test tariqasida olimpiya markazida o‘tkazadi

16.09.2024Proleague

Aral Proliganing 1 ta uchrashuvini test tariqasida olimpiya markazida o‘tkazadi

Qoraqalpog‘istonning barcha: Aral, Jayxun, Aral akademiya, Aral U19, Aral ayollar jamoalari o‘zining uy uchrashuvlarini Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga qarashi maydonda o‘tkazib kelayotgandi. Endilikda Nukusda yana bir futbol maydoni ishga tushish arafasida turibdi. 


Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi homiylar tomonidan ta’mirdan chiqarildi. Liga Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasi bilan kelishgan holda Proliganing 18-turidan o‘rin olgan Aral — Buxoro uchrashuvini mazkur futbol maydonida tashkil etish ustida ishlamoqda. Talab etilgan barcha hujjatlar Ligaga taqdim etilsa, 18-sentyabr kuni Aral o‘z raqibini Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida test tariqasida qabul qiladi. Bu yerda 1100 nafar ishqiboz uchrashuvni bevosita tomosha qilishi uchun sharoit mavjud.   


Qoraqalpog‘iston futbol assotsiatsiyasi markaz futbol maydonida keyinchalik amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan Ligaga kafolat xati kiritgan bo‘lib, ular kelgusi uy uchrashuviga qadar bartaraf etilishi ko‘zda tutilgan. Rejaga ko‘ra, 16-oktyabr kuni Nukusga Mash’al klubi tashrif buyurishi lozim.


Ayni vaqtda Nukus shahrida Turon stadionini qayta jonlantirish ustida ish ketmoqda. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi.

Aral Proliganing 1 ta uchrashuvini test tariqasida olimpiya markazida o‘tkazadi
    facebooktwittertelegramoklink

    Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda