Aleksandr Xomyakov: Hozirgi vaziyatimiz tashvishga solyapti

10.11.2024Superliga

Aleksandr Xomyakov: Hozirgi vaziyatimiz tashvishga solyapti

Superligada 24-tur yakunlandi. Andijon jamoasi bu tur o‘z maydonida Qizilqum klubini qabul qildi va 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Bahs ikkala jamoa uchun ham muhim edi. Bu uchrashuvdagi g‘alaba ko‘p narsani hal qilardi va turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilish imkonini berardi. Shuning uchun o‘yin og‘ir o‘tdi. Birgina xato hammasini hal qilar edi. Raqib jamoa tartibli himoyalandi, qarshi hujumlardan foydalandi. Birinchi bo‘limda ikkita golli vaziyat bo‘ldi, yaxshi himoyalangani uchun biz hech narsa qila olmadik. Uchrashuv oxirida hujumda o‘ynadik. Lekin golsiz bahs bo‘ldi. Himoyada ham e’tiborli harakatlandik. Ikkita vaziyat bo‘ldi, gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi. Menimcha, durang adolatli natija.

Zaxiradan maydonga tushganlar o‘yinni qanchalik kuchaytira oldilar?

Qanotlarda faollik yetishmadi. O‘rtadan hujum qilish xavfli edi. Ikki zonada kreativlik yetishmadi. O‘z o‘yinlarimizni tashkil qilish uchun futbolchi almashtirilishi kuchaytira oldi, deya olmayman. Zaxiradagilardan foydalangan holda vaziyatdan chiqishni niyat qilgandik. Ularga bu uchrashuv juda muhim ekanligini uqtirgandim. Biroq hujumga hech narsa qo‘sha olmadik.

Mavsum yakunlanib boryapti. Andijon esa ochko yo‘qotishda davom etyapti. Bu rahbariyatga, murabbiylarga va futbolchilarga qanday ta’sir ko‘rsatyapti? 

Albatta, bu vaziyat hammani tashvishga solmoqda. Ikkinchi davrada bor yo‘g‘i 7 ochko jamg‘ardik. Faqatgina bitta g‘alaba qozondik. Vaziyat tashvishga solmoqda, muxlislar, rahbariyat va bizda ham shunday holat. Harakat qilyapmiz, hozircha o‘xshamayapti.

Anchadan beri boshlang‘ich tarkibda o‘ynamayotgan Luka Zgurskiy nima uchun bugun asosiy tarkibda maydonga tushirildi?

Raqib jamoa 3 markaziy himoyachi bilan o‘ynashni taklif qildi. Bo‘ydor himoyachilar. Zgurskiyga bunday holatda hujumda faolroq o‘ynashi uchun ko‘rsatma berdik. Ikkinchi sabab, u mashg‘ulotlar jarayonida o‘zini ko‘rsata oldi. Uning bo‘ydorligi, himoyachilarga bosim o‘tkaza olishini inobatga olib, asosiy tarkibda ishonch bildirdik. Menimcha, u yomon o‘ynamadi. To‘g‘ri, hujumchi gol urishi kerak. Ammo uni o‘yiniga e’tirozim yo‘q.

Neftchi bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko kelasi yili Andijon murabbiylar shtabidan joy oladi, degan mish-mishlar yuribdi. Bu qanchalik haqiqat?

Mendan so‘rayapsizmi? Menga beriladigan savol emas. Bu tushunarli, natija qoniqtirmayapti. Mavsum tugashini kutamiz. Rahbariyat qanday qaror qiladi?! Levchenko haqida birinchi marta eshitib turibman.
    facebooktwittertelegramok
  • Yangilikni ulashing

other_news

Sayt test rejimida ishlamoqda