O`ZBEKISTON PROFESSIONAL FUTBOL LIGASI

Yangiliklar / PFL

Davron Shakurbanov O`zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi

17.06.2019 21:11 | PFL

Bugun O`zbekiston Professional futbol ligasida navbatdan tashqari yig`ilish bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston futbol assotsiatsiyasidan Ravshan Ermatov, Avaz Maksumov, Shoakram Isroilov hamda O`zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligidan Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Yig`ilishda bosh direktor sifatida faoliyat yuritib kelgan Omon G`ofurovning tashkilot rahbarligidan bo`shash to`g`risida ariza yozganidan so`ng Professional futbol ligasiga yangi rahbar tayinlash masalasi ko`rildi.

O`zPFL Ustaviga ko`ra, O`zPFL Ijroiya qo`mitasi a`zolari tashkilot bosh direktorini tasdiqlashi lozim. Shundan kelib chiqib, O`zPFL bosh direktori lavozimiga futbol sohasida uzoq yillar mobaynida faoliyat olib borib tajriba to`plagan Davron Gayratovich Shakurbanov nomzodi tavsiya etildi.

Yig`ilishda ishtirok etgan O`FA vitse-prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ravshan Ermatov Professional futbol ligasining milliy futbolimizdagi eng muhim bo`g`inlardan biri ekanini ta`kidlab, O`zPFLning oldingi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va ushbu mas`uliyatli davrda ish boshlayotgan yangi rahbarga omad tiladi. O`zPFL Ijroiya qo`mitasi qaroriga qadar Davron Shakurbanov O`zPFL bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. 

Davron Shakurbanov 1972 yil tavallud topgan. Ma`lumoti – oliy.  Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. Turli yillarda Toshkent shahar futbol federatsiyasida mas`ul kotib, shuningdek, “Bunyodkor” klubida texnik va sport direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

Jamoa O` T-N O
1 Paxtakor 17 53-10 47
2 Lokomotiv 17 28-12 34
3 Bunyodkor 17 25-19 30
4 Nasaf 17 25-16 27
5 So`g`diyona 17 21-22 27
6 Navbahor 17 22-16 25
7 Surxon 17 17-24 22
8 Metallurg 17 19-19 20
9 Dinamo 17 19-25 18
10 Qizilqum 17 17-35 17
11 Andijon 17 16-22 16
12 AGMK 17 20-28 16
13 Qo`qon-1912 17 19-34 14
14 Buxoro 17 9-28 12

To`purarlar

Futbolchi Gol
1 Dragan Cheran 19
2 Zafar Polvonov 11
3 Xumoyun Murtozaev 11
4 Temurxo`ja Abduxoliqov 10
5 Xurshid G`iyosov 10
6 Aleksandr Kasyan 9
7 Igor Sergeev 9
8 Marat Bikmaev 8
9 Shoxruz Norxonov 7
10 Elguja Grigalashvili 5