O`ZBEKISTON PROFESSIONAL FUTBOL LIGASI

Yangiliklar / Futzal

Akbar Usmonov: Bu mavsum ham to`purar bo`lmoqchiman

21.04.2020 22:15 | Futzal

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida barchamizdan  uyda qolish talab qilinmoqda. Natijada, barcha mamlakatlarda sport tadbirlari, chempionatlar, musobaqalar o`tkazilmayapti.

Xo`sh, o`zbekistonlik futzalchilar karantin davrini uyda qanday o`tkazishmoqda? Bugun bu haqda “Paxtakor”a`zosi, 2019 yilgi mavsumda O`zbekistonning eng yaxshi futzalchisi deb topilgan, o`tgan mavsum to`purari Akbar Usmonov bilan suhbatlashdik.

“Barcha qatori men ham karantinni uyda, oilam davrasida o`tkazyapman. Shunday bo`lsada, o`z sport formamni saqlab turish maqsadida mashqlar bajarib turibman.

9-14 mart kunlari Farg`onada futzal chempionatining yangi mavsum 1-tur bahslari bo`lib o`tdi. Chempionatni a`lo darajada boshladik. Har uch bellashuvda uchta g`alaba qayd etib, ayni vaqtda peshqadam bo`lib turgan bo`lsakda, o`yinlar oson bo`ldi deb aytmagan bo`lar edim. Boisi, jamoa tarkibiga yangi kelib qo`shilganlar kirishib ketishi uchun vaqt kerak. Bundan tashqari, bir necha futzalchilar diskvalifikatsiya bois jamoamizga yordam bera olishmadi.

“Paxtakor” mening ilk jamoam sanaladi va shu bois bu klub men uchun alohida o`rin tutadi. Bu erda murabbiyim Ravshan Rajabov bilan birgalikda shu darajaga chiqish uchun ko`p mehnat qilganmiz. Shu bois, jamoaga kirishib ketishim u qadar katta qiyinchilik tug`dirmadi. Sababi, men o`z uyimga qaytdim.

 

O`tgan mavsum to`purari bo`ldim. Bu yilgi mavsum esa endi boshlandi va barchasiga yil yakunida aniqlik kiritib olamiz”, – dedi Usmonov.

Jamoa O` T-N O
1 Paxtakor 26 75-18 69
2 Lokomotiv 26 40-17 49
3 Bunyodkor 26 37-33 43
4 So`g`diyona 26 29-29 40
5 Metallurg 26 33-26 35
6 Surxon 26 26-33 35
7 Nasaf 26 34-27 33
8 Navbahor 26 26-23 32
9 AGMK 26 36-37 32
10 Andijon 26 23-37 28
11 Qo`qon-1912 26 31-45 26
12 Buxoro 26 18-37 24
13 Dinamo 26 25-47 24
14 Qizilqum 26 24-48 24

To`purarlar

Futbolchi Gol
1 Dragan Cheran 23
2 Igor Sergeev 17
3 Zafar Polvonov 15
4 Xumoyun Murtozaev 14
5 Xurshid G`iyosov 12
6 Elguja Grigalashvili 11
7 Temurxo`ja Abduxoliqov 11
8 Aleksandr Kasyan 10
9 Shoxruz Norxonov 9
10 Marat Bikmaev 8