Professional futbol ligasi futbol to`plarini harid qilish uchun tanlov e`lon qiladi

O`zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi Superliga o`yinlari uchun sifatli futbol to`plarini harid qilish maqsadida savdo tanlovlari o`tkazilishini e`lon qiladi. 

Rasmiy futbol to`pi Adidas Conext 19 - 700 dona.

Savdo tanlovlarida talablarga javob beradigan mahalliy va xorijiy yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Tijoriy takliflarni Professional futbol ligasining quyidagi manziliga 1 fevral kunigacha yuborishingiz mumkin:

Toshkent shahri, Bunyodkor shox ko`chasi 47. “Milliy” stadion. Tel: +998 71 230 90 58 

E-mail: info@pfl.uz

mib
uzcard
cola
apex
bmb