Vesko Steshevich: O‘yin muxlislarga yoqqani tabiiy, ammo natija bizni xursand qilmadi

O‘zbekiston Superligasi 6-turi doirasida safarda Paxtakorga qiziqarli va jangovar ruhda kechgan uchrashuvda 3:4 hisobida imkoniyatni boy bergan Metallurg klubi ustozi Vesko Steshevich mag‘lubiyat sabablari haqida fikr bildirdi.

O‘yinni tomosha qilganlarga o‘yin yoqqani tabiiy, ammo biz uchun xursand bo‘lishga sabab yo‘q. O‘zimizning xatolar evaziga mag‘lub bo‘ldik. Ikki marta to‘pni oldirdik va raqib bu ikki vaziyatda ham gol urdi. Birinchi gol urilgan vaziyatda standarda xatoga yo‘l qo‘ydik. Qaytgan to‘pga kech qoldik. Bugun raqib bizning har bir xatoimizni golga aylantira oldi.

Hisob 3:2 bo‘lib turgan paytda gol urish uchun ajoyib imkoniyat bo‘lgandi. Agar urganimizda, balki vaziyat boshqacha tus olardi. Bilmayman. Yarim himoyachilarim o‘yinidan qoniqmadim. Bugungi xatolarimizni tahlil qilib chiqamiz.

mib
uzcard
cola
apex
bmb