U19 chempionati 10-aprel kuni start oladi

Liga U19 chempionatiga 18-mart kuni qur’a tashlaydi. Musobaqaning o‘zi 10-aprel kuni boshlanadi. 

Musobaqada Superliga va Proliganing jami 22 ta jamoasi ishtirok etadi. Ular Sharq va G‘arb mintaqasiga ajratiladi. Har bir mintaqa jamoasi o‘z maydonida 10 ta va safarda 10 ta o‘yinda ishtirok etadi. Yakunda har mintaqaning eng yaxshi 4 tadan jamoasi Toshkent mezbonlik qiladigan pley-off o‘yinlarida bellashadi hamda musobaqa g‘olibini aniqlaydi. 

Musobaqa bellashuvlari sanasi bilan Liga taqvimida tanishish mumkin.

mib
uzcard
cola
apex
bmb