Nasaf va Navbahor 4-fevralga qadar OChL uchun tarkib shakllantirishi kerak

Chempionlar ligasida nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan Nasaf va Navbahor 2024-yilning 4-fevraliga qadar o‘z futbolchilari ro‘yxatini OFK uchun taqdim etishi kerak.

Navbahor va Nasaf yig‘inlar masalasi hamda tarkibni qolgan klublarga qaraganda ertaroq rejalashtirishi lozim. O‘zbekistonda transfer oynasi 24-fevralga qadar davom etadi, yangi mavsum mart oyidan start oladi. Chempionlar ligasida esa 12-fevral kuni nimchorak final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, mavjud qarzdorlik sabab ayni vaqtda Navbahor ichki chempionat uchun o‘z futbolchilarini Liga ro‘yxatidan o‘tkaza olmaydi. Mazkur taqiqning klubning Chempionlar ligasidagi ishtirokiga ta’sir o‘tkazmaydi.

Nasaf va Navbahor OChL nimchorak finalidagi raqibini 28-dekabr kungi qur’a orqali bilib oladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb