O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiya klublar birligida bo‘ldi

O‘zbekiston klublarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislardan iborat delegatsiya ayni paytda Turkiyada O‘zPFL hamda Turkiya klublar birligi o‘zaro hamkorligida tashkil etilayotgan seminarda ishtirok etmoqda.

20 nafar mutaxassisdan iborat delegatsiya dastlab Turkiya klublar birligi bosh ofisiga tashrif buyurdi. Seminarning boshlanish qismida Turkiya klublar birligi bosh kotibi doktor Chag‘ri Ilk turk futboli, xususan Turkiya Superligasi va uning ishtirokchi klublari haqida ma’lumot berib, taqdimot o‘tkazdi. So‘ngra har ikki tomon vakillari o‘zaro davra suhbati davomida turk va o‘zbek futbolining o‘xshash va farqli jihatlari xususida fikr almashdi.

Seminar doirasida vakillarimiz “Fenerbahche” va “Galatasaroy” klublariga ham tashrif buyurishi, turk klublarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishi ko‘zda tutilgan.

mib
uzcard
cola
apex
bmb