Olimpik U21 — Nasaf U21 o‘yini 1-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi

Coca-Cola Superliga 20-turidan o‘rin olgan Olimpik — Nasaf uchrashuvi 28-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotganidan kelib chiqib, Olimpik ishtirokidagi ikki uchrashuv boshqa sanalarga qoldirilgan. Biroq Nasaf Chempionlar ligasi ishtirokchisi ekanligi tufayli, uning taqvimida bo‘sh joy mavjud emas. Shu sababli Olimpik Nasafga qarshi asosiy futbolchilarisiz harakat qilishga majbur. 

“Superliga va Pro liga reglamenti”dan kelib chiqib, 29-sentyabr kuni mazkur klublarning U21 jamoalari o‘zaro kurash olib borishi kerak. Biroq ma’lumki, Olimpikning qator futbolchilari Xitoyda bo‘lib turibdi. Shundan kelib chiqilsa, Toshkentda qolgan ayrim futbolchilar ketma-ket ikki kun maydonga chiqishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida Olimpik U21 — Nasaf U21 o‘yini 1-oktyabr kuni o‘tkazilishi kelishildi. Bellashuvga “Jar” maydoni mezbonlik qiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb