Qo‘qondagi “Markaziy” stadion yoritish tizimi yaxshilandi

“Qo‘qon-1912” jamoasi uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” stadion yoritish tizimi yangilandi.

Ilgari mazkur stadion yoritish tizimi ko‘rsatkichi 200 lyuksga ham yetmas edi. Kuni kecha o‘yingoh projektorlariga yangi zamonaviy lampalar o‘rnatish va sozlash ishlari yakunlandi.

19-mart kuni Liga mutaxassisi yoritish tizimini o‘lchash ishlarini o‘tkazdi. Endilikda “Markaziy” stadion projektorlari yorug‘ligi 1400 lyuksdan oshdi. Ushbu stadion bundan buyon xalqaro rasmiy uchrashuvlarni o‘tkazish uchun projektor bo'yicha minimum talabga javob beradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb