“Metallurg” stadioni yoritish tizimi 1800 lyuksga yetdi

Bilasiz, Liganing qat’iy talabi asosida barcha klublar o‘z infratuzilmasini, xususan stadion yoritish tizimini yaxshilab bormoqda. Bekoboddagi “Metallurg” stadionida ham projektorlarni sozlash, unga qo‘shimcha yangi chiroqlarni o‘rnatish ishlari olib borildi.

Ilgari mazkur stadion yoritish tizimi 1000 lyuksni tashkil qilayotgan edi. Fevral va mart oylarida yangi lampalar o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.

Kecha Liga mutaxassisi Bekobodda stadion projektorlari lyuksini o‘lchadi. Endilikda “Metallurg” stadioni yoritish tizimi 1800 lyuksdan oshdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb