FIFA Aziz Amonovni ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berdi

O‘zbekistonlik futbolchi Aziz Amonov Tehronning “Istiqlol” futbol klubi bilan shartnomani bir taraflama bekor qilib, Qarshining “Nasaf” klubi safiga kelib qo‘shilgandi. Keyinroq “Istiqlol” futbolchining “Nasaf” uchun ro‘yxatdan o‘tishiga qarshilik ko‘rsatdi hamda uning transfer sertifikatini tasdiqlashdan bosh tortdi. 

“Nasaf” Aziz Amonovda “Istiqlol” bilan shartnomani bekor qilish uchun etarlicha asos bo‘lganligini ma’lum qilib FIFAga xat yubordi. FIFA esa ishni o‘rganib chiqdi. Bugun — 21-fevral kuni tashkilotning tegishli palatasi “Nasaf” so‘rovini qanoatlantirib, Amonovni Liga ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonini yakunlashga ruxsat berdi.

Ma’lumot uchun, “Nasaf” Aziz Amonovni MyLeague onlayn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgandi. Ammo jarayonni to‘liq yakunlash uchun “Istiqlol” klubining xalqaro transfer sertifikatini taqdim etishi kutilayotgan edi.

Eron jamoasida FIFA qarori yuzasidan apellyatsiya kiritish uchun 10 kun vaqt bor. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb