“Yunired” FK va Marek Hamshik akademiyasi o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi

Samarqandning “Yunired” jamoasi ta’sischisi – Redbridge va slovakiyalik mashhur futbolchi Marek Hamshik akademiyasi rahbariyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Akademiya rahbari Richard Hamsik (futbolchining otasi) bilan muzokaralar chog‘ida ikki akademiya va klublar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Unga ko‘ra, Slovakiyaning 8 karra eng yaxshi futbolchisi 2023-yil avvalida Samarqandning “Yunired” jamoasiga tashrif buyurishi kutilmoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb