Yangi mavsum uchun futzalchilarni ro‘yxatga olish 1-iyuldan boshlanadi

O‘zbekiston Professional futbol ligasi futzal bo‘yicha mamlakat chempionati, kubogi, birinchiligi hamda U-18 chempionati musobaqalarini rasman yakunladi. 

Rejaga ko‘ra, yangi mavsum shu yilning sentyabr oyidan e’tiboran start oladi va u 2023-yilning iyun oyiga qadar davom etadi. Chempionlik uchun Oliy ligada 12 ta jamoa kurash olib boradi. Sentyabrga qadar Birinchi liga ishtirokchilari ro‘yxati to‘liq shakllantiriladi va bu borada alohida xabar beriladi. 

Bir necha kun muqaddam O‘zPFL milliy terma jamoa bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda uning rejalari bilan qiziqdi. Xabaringiz bor, sentyabr/oktyabr oylarida bosh jamoa Osiyo chempionatining final bosqichida ishtirok etadi. Mana shu musobaqaga qadar futzal chempionatining 1 ta tur uchrashuvlarini o‘tkazib olish rejaga kiritilgan. 

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL 2022/23-yilgi mavsum uchun futzalchilarni 1-iyul sanasidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ro‘yxatga olish davri 31-avgust kuni yakuniga etadi. Qishki oyna esa 26-dekabr kuni ochiladi va u 2023-yilning 7-yanvarida yopiladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb