Futzal. O‘zbekiston kubogi. Finalda “Jizzax-Kenteks” – “Paxtakor”

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘yinlari hal qiluvchi pallaga etib keldi. Bugun tashkil etilgan yarim final uchrashuvlaridan so‘ng finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Amaldagi chempion “Jizzax-Kenteks” Birinchi liga g‘olibi BMB jamoasini yirik – 9:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Oliy liganing bronza medallariga da’vogarlik qilgan “Paxtakor” va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasidagi bahs shiddatli va murosasiz o‘tdi. Uchrashuvning asosiy vaqtida ham, qo‘shib berilgan daqiqalarda ham kuchlar teng keldi – 4:4. Penaltilar seriyasida esa omad Oliy liganing bronza medali egasi “Paxtakor” jamoasiga kulib boqdi. Shu tariqa 5 iyun kuni o‘tkaziladigan final bahsida “Jizzax-Kenteks” va “Paxtakor” jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

 

Futzal. O‘zbekiston kubogi.

Yarim final. “Yunusobod” sport majmuasi.

3 may, juma

 

JIZZAX-KENTEKS – BMB – 7:1 (2:1). 238 tomoshabin.

Hakamlar: Umid Po‘latov, Adham Rixsiboyev, Azizjon Karimov

Nazoratchi: Timur Abdullayev

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Davron Choriyev (7), Farhod Abdumavlonov (18), Elbek To‘lqinov (22, 32), Anasxon Rahmatov (26), Abbos Elmurodov (26, 38) – Sirojiddin Shokirov (1)

Ogohlantirish: Yo‘q – Sunnat Qurolov (27).

 

PAXTAKOR – LOKOMOTIV – 3:3. Q.v. 4:4. P.b. 6:5. 102 tomoshabin.

Hakamlar: Jamoliddin Najmiddinov, Husniddin Bahodirov, Ziyovuddin Erkinov

Nazoratchi: Viloyat Najafaliyev

Komissar: Rustam Zuparov

Gollar: Alisher Ibragimov (3), Sherzod Mustafoyev (5), Feruz Faxriddinov (36), Sevastyan Mojayev (43) – Sarvar Shoahmedov (31, 34), Akbar Usmonov (38, 44)

Ogohlantirishlar: Sevastyan Mojayev (27), Feruz Faxriddinov (45) – yo‘q.

mib
uzcard
cola
apex
bmb