Vitaliy Levchenko: Durang adolatli natija bo‘lar edi, mag‘lubiyatga loyiq emasdik

19.05.2024

Vitaliy Levchenko: Durang adolatli natija bo‘lar edi, mag‘lubiyatga loyiq emasdik

O‘zbekiston Superligasi 8-turi doirasida safarda Navbahorga minimal hisobda mag‘lub bo‘lgan Neftchi klubi ustozi Vitaliy Levchenko mag‘lubiyat sabablari haqida fikr bildirdi.

Bugun sifatli futbol ko‘rsatdik deya olaman. Raqibning kuchli jihatlarini bilardik. Raqibni o‘yin oldidan etarlicha tahlil qildik. Ularning bizga havf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xududlarini yopib qo‘ydik. Ammo, yakunda standart vaziyatdan yana gol o‘tkazib yubordik. Stadionga kelgan va futbolni tushunadigan muxlislar bugun mag‘lubiyatga loyiq emasligimiz haqidagi aytgan fikrimga qo‘shilishsa kerak. Bugun durang adolatli natija bo‘lar edi.

Norchayev Osiyo chempionatidan biroz charchagan holda keldi. Hali to‘liq qo‘shilib keta olmadi. Jarohatini tuzatishga ham vaqt ketdi. Vaqt kerak va u albatta asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘la oladi. Nsungusiga kelsak, u sifat beradigan futbolchi. U zaxiradan maydonga tushib o‘yinimizni kuchaytira oladi. Bugun bunga guvoh bo‘ldik. Jamoada bunday futbolchilar ko‘pchilik bo‘lsa, shuncha yaxshi.

Ayrim futbolchilar tezda kirishib ketishlari mumkin. Ayrimlariga esa bizning o‘yin uslubimizga moslashishlari uchun vaqt kerak. Ko‘nikmalarni barcha bir xil tarzda o‘zlashtira olmaydi. Shuning uchun vaqt kerak. Hozir aynan shu jarayondamiz. Biz o‘yinda mag‘lub bo‘ldik, ammo jangni hali yutqazmadik, deyish mumkin.

Botirali Ergashev yaxshi darvozabon. Bugun o‘tkazib yuborilgan golimizda uning aybi yo‘q. Bizda ayni damda raqobatga tayyor, teng kuchli darvozabonlar yig‘ildi. Bundan xursandmiz.

cola
apex
mib
mib
mib
mib