O`zbekiston Liga kubogi musobaqasi guruh o`yinlari taqvimi

2019 yilgi mavsumdan boshlab O`zPFL litsenziyalash talablariga javob beruvchi futbol klublari o`rtasida O`zbekiston Liga kubogi musobaqasini tashkil etadi.

Musobaqada Superliganing 14 ta, shuningdek, A Pro-liganing “Mash`al” hamda “Sho`rtan” klublari ishtirok etadi. 2020 yildan boshlab O`zbekiston kubogi musobaqasida ishtirokchilar soni aynan litsenziyalash talablaridan kelib chiqib belgilanadi, Liga kubogida esa O`zPFL tasarrufidagi musobaqalarda ishtirok etayotgan barcha futbol klublari o`ynash imkoniyatiga ega bo`ladi. Zero, O`zbekiston kubogida g`olib chiqqan jamoada Osiyo Chempionlar ligasi yo`llanmasini yutib olish imkoniyati mavjud. Shunday ekan, litsenziyalash talablariga javob bera olmaydigan klublarning mazkur musobaqada ishtirok etishiga kelasi mavsumdan boshlab yo`l qo`yilmaydi.

Liga kubogining 16 jamoasi 4 ta guruhga ajratiladi. Jamoalar guruh bosqichida 3 tadan uchrashuvda ishtirok etadi.

Har bir guruhda dastlabki ikki o`rinni egallagan jamoalar chorak final yo`llanmasini qo`lga kiritadi. Keyin yarim final va eng so`ngida final o`yini.

 

31.05

PAXTAKOR — QO`QON-1912

NASAF — NAVBAHOR

METALLURG — BUNYoDKOR

QIZILQUM — AGMK

 

01.06

ShO`RTAN — SO`G`DIYoNA

DINAMO — SURXON

LOKOMOTIV — BUXORO

MASh`AL — ANDIJON

 

02.07

AGMK — METALLURG

BUNYoDKOR — QIZILQUM

NAVBAHOR — MASh`AL

SO`G`DIYoNA — DINAMO

 

03.07

BUXORO — PAXTAKOR

QO`QON-1912 — LOKOMOTIV

SURXON — ShO`RTAN

ANDIJON — NASAF

 

06.07

METALLURG — QIZILQUM

BUNYoDKOR — AGMK

ShO`RTAN — DINAMO

SO`G`DIYoNA — SURXON

 

07.07

PAXTAKOR — LOKOMOTIV

QO`QON-1912 — BUXORO

MASh`AL — NASAF 

ANDIJON — NAVBAHOR 

mib
uzcard
cola
apex
bmb