21-mart kuni O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi

Coca-Cola homiyligi ostidagi O‘zbekiston kubogi musobaqasining guruh bosqichiga 21-mart kuni qur’a tashlanadi. Jarayon Sport-TV orqali 19:30 dan boshlab jonli efirga olib chiqiladi. Qayd etish kerak, shu kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida Hong Kong bilan safar uchrashuvida ishtirok etadi. O‘zbekiston kubogi qur’asi esa mana shu bellashuvdan keyin efirga chiqishi ko‘zda tutilgan.   

O‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi bu yil ham guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi. Superliga va Proliga klublari musobaqani shu bosqichdan boshlaydi. Qolgan 10 ta jamoa nomiga esa Birinchi liga jamoalari saralash o‘yinlari orqali aniqlik kiritadi. Liga Birinchi liga jamoalarini to‘liq saralab olgach, kubokning saralash bosqichi haqida alohida ma’lumot beriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb